
“Real”da so‘nggan yulduz Italiyaga boradi
“Real” 2019 yilning yozida 63 million evroga xarid qilgan Luka Yovich bir necha mavsum davomida ham o‘zini ko‘rsata olmadi.
24 yoshli serbiyalik hujumchi ispan futboliga moslasha olmadi va o‘ziga boshqa jamoa qidirayotgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan mavsum yarmida asosiy to‘purari Dushan Vlaxovichni “Yuventus”ga sotib yuborgan “Fiorentina” bundan buyon hujum chizig‘ida Yovichni o‘ynatishga qaror qildi.
Florentsiyaliklar Lukani madridliklardan sotib olish huquqisiz bir mavsumga ijaraga oldi
Fikrlar