
“Real”da yangi vunderkind paydo bo‘ldi. Angliya grandlari uni olib ketmoqchi
“Real” akademiyasidan har doim noyob iste’dod egalari etishib chiqqan. Bu yoz muxlisu mutaxassislar e’tiboriga 16 yoshli Xoan Martines tushdi.
Martines o‘tgan mavsumni 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasida o‘tkazgan edi. Karlo Anchelotti iqtidorli himoyachini asosiy tarkibga qo‘shib, “Milan” bilan bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushirdi.
Martinesga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” darrov e’tibor qaratdi va uni Angliyaga ko‘chirib kelish rejasini tuza boshladi.
Ispaniyaning AS nashri yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari Angliyadan bo‘layotgan qiziqishlardan xavotirga tushayotgani yo‘q. Chunki ular Martines faoliyatini faqat “Real”da davom ettirishni istayotganini yaxshi biladi.
Fikrlar