“Real”dan bizga o‘t! Vinisiusga ikki granddan taklif tushdi

  • 27.11.2025 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining ikki mashhur klubi – “Liverpul” va “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Real” futbolchisi Vinisius Junior atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.

“Qirollik klubi” rahbariyati braziliyalik futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish masalasini anchadan beri hal qila olmayapti. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.

Avvalroq, The Athletic nashri braziliyalik futbolchi “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan keskin munosabatlar tufayli mehnat shartnomasini uzaytirmayotgani haqida ma’lumot bergan edi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bu vaziyatdan Angliya klublari unumli foydalanib qolmoqchi va “Real” ichidagi vaziyatni nazardan qochirmoqchi emas.

 Vinisius Juniorning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!