"Real"dan boshqasi emas!

  • 07.07.2023 19:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe yozgi transferlar vaqtida PSJni tark etishi mumkin. "ESPN" nashrining xabar berishicha, Mbappe yozda ketishi mumkin bo‘lgan yagona klub bu – “Real”. Qolaversa, moliyaviy tomondan faqat “qaymoqranglilar”nigina Kilianni sotib olishga qurbi etadi.

"Real" Madrid Mbappening transfer summasi barcha bonuslar hisobga olgan holda 200 million evrodan oshishini biladi.

Manbaning qayd etishicha, "Real" hali PSJga Mbappening transferi bo‘yicha hozircha aloqaga chiqmagan. Biroq, madridliklar allaqachon 24 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!