"Real"ga qishda yangi darvozabon keladi
Bilbaoning “Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga qishki transferlar davrida Madridning “Real”iga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “qirollik klubi” murabbiylar shtabi qishki transferlar davrida aynan mana shu pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirishmoqda. Buning uchun ular “Atletik”ka 25 mln evro taklif qilishmoqda.
Aytish lozimki, Kepaning tovon puli aslida 20 mln evroni tashkil etadi. Biroq, “Real” uni qishda sotib olishi uchun basklarga yanada ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra madridliklar BAAda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib qaytishgach, ushbu transferni amalga oshirishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kepaning “Atletik” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar imzolangan. “Real” esa unga 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Fikrlar