
“Real”ga Xoland ham, Mbappe ham kerak emas. Zidanda zo‘r variant bor
“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida to‘purar hujumchi sotib oladi. Anchadan beri madridliklar Kilian Mbappe va Erling Xolandga ko‘z tikayotgan edi.
Endi Zinedin Zidan oldida yangi variant paydo bo‘ldi.
“Real” yozgi transfer vaqtida “Tottenxem”dan ketish payida yurgan Harri Keynni olishga qaror qildi.
Madridliklar bu hujumchining transferi nisbatan arzon tushishiga ishonmoqda. Chunki Harrining agenti akasi Charli hisoblanadi va u transfer uchun katta ulush talab qilmaydi. To‘purar hujumchining o‘zi ham sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tishni istamoqda.
Shuningdek, Florentino Peres Garet Beylni “Tottenxem”ga jo‘natib, londonliklar bilan do‘stona aloqa o‘rnatgani ham Harri Keyn transferida qo‘l kelishi mumkin.
Harri Keynning “Tottenxem” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmiga qadar davom etadi. Klub 27 yoshli hujumchini 150 million funtga baholagan.
Joriy mavsumda Keyin jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 16 marta golli pas oshirdi.
Fikrlar