“Real”ni kim boshqarib turishi hal bo‘ldi
Ispaniya kubogi finalida “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Karlo Anchelotti klub bilan hamkorlikni muddatidan avval bekor qilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Ayni paytda tomonlar 2026 yilning yozigacha tuzilgan bitimni to‘xtatish bo‘yicha muzokara olib boryapti.
O‘z navbatida, “Real” xo‘jayinlari 15 iyundan boshlaganidan yangi formatdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoani kim boshqarishini hal qilishi talab etiladi.
Hozircha, klub o‘z tizimidagi uchta murabbiyni tanladi. Birinchi nomzod klubning sport ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Santyago Solari hisoblanadi. Shuningdek, bu vazifa “Kastilya” murabbiyi Raul Gonsales yoki o‘smirlar jamoasi ustozi Alvaro Arbeloaga ham yuklatilishi mumkin.



Fikrlar