“Real”ning ikki yulduzi Mbappe “qurboni” bo‘ladi

  • 24 mart, 2024, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelishini kutayotgan “Real” rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini tartibga solishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, frantsiyalik forvardning kelishi Madriddagi braziliyaliklarga ta’sir o‘tkazadigan bo‘lyapti.

Avvaliga bu transferdan ko‘proq Rodrigo jabr chekishi aytilgandi. Mbappe kelgan taqdirda bu futbolchi yoki o‘yin vaqti qisqarishiga rozi bo‘lishi, yo boshqa jamoaga o‘tib ketishi kerakligini aytilgandi.

Endi jamoaning asosiy yulduzi Vinisius Juniorni sotib yuborish masalasi ko‘tarildi. Braziliyalik to‘purar maydonda raqiblar va hakamlar bilan ko‘p ziddiyatga borayotgani rahbariyatni keskin chora ko‘rishiga turtki bo‘lmoqda.

Qolaversa, PSJ Kilian Mbappening o‘rniga aynan Vinisius Juniorni olib kelishni rejalashtirayotgani haqida ham xabarlar chiqyapti.

Bundan tashqari, madridliklar klubdagi yagona markaziy hujumchi Xoseluni saqlab qolishga qaror qilgan. “Real” aslida “Espanol”ga tegishli bo‘lgan forvardni to‘liq transfer qilib, unga qisqa muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!