"Real"ning qishki transferlar davridagi ilk xaridi kim bo‘ladi?
Xorijiy nashrlar “Real” Madridning qishki transferlar davridagi ilk xaridi kim bo‘lishini aniqlashdi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” tez orada Argentinaning “River Pleyt” klubi yarim himoyachisi Eksekiel Palasiosning transferini e’lon qiladi. Bu 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Libertadores kubogi finalidan so‘ng sodir bo‘ladi.
Madridliklar 20 yoshli argentinalik futbolchi uchun 25 mln evro to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Palasios “River Pleyt” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 41ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar