"Real"ning sobiq futbolchisi jamoaga kerak bo‘lgan himoyachini aytdi

  • 15 noyabr, 2024, 17:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Rafael Alkorta "Arsenal" himoyachisi Vilyam Salibani sotib olishni klubga maslahat berdi. Bu haqda "Sportskeeda" nashri xabar berdi.

- Uni qishda emas, balki yozda sotib olish kerak. Sababi, Emerik Lyaport ham yaxshi nomzod. Ehtimol, Saliba kabi o‘yinchiga 80 million sarflashga to‘g‘ri kelishi mumkin. U jamoaga keyingi 10 yil davomida yordam bera oladi, - dedi sobiq himoyachi.

Ma’lumot uchun, futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!