"Real"ning sobiq hujumchisi Rossiya chempionatida o‘ynashi mumkin!

  • 19 iyul, 2024, 14:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyaning "Milan" jamoasi Luka Yovichni shu yozda sotishi mumkin. Agar "rossonerilar" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolasa, serbiyalik futbolchiga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar berdi.

Yovichga Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi qiziqish bildirmoqda. 26 yoshli hujumchida Saudiya Arabistoni chempionatida ham o‘ynash imkoniyati bor. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga etadi va uning hozirgi narxi etti million evroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda Luka barcha turnirlarda 30ta o‘yinda ishtirok etib, 9ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!