
Regilon La Liganing autsayder jamoasi safiga o‘tishi mumkin
"Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini "Selta"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga shaxsan "Selta"ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites qiziqmoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Regilon Madridning “Atletiko” klubida ijara asosida o‘ynadi. U barcha musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, gol urmagan.
Fikrlar