Remzi yana APLga qaytishi mumkin

  • 23.03.2021 18:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato.com nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli uelslik futbolchi yana Angliya premer-ligasiga qaytishi kutilmoqda. Unga "Liverpul" va "Vest Xem" klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Remzi uchun APL begona emas. U 2008-2019 yillarda Londonning "Arsenal" klubida faoliyat yuritgan. U joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!