Reshford: “Ronaldu men uchun eng zo‘ri”
“Manchester Yunayted” futbolchisi Markus Reshford jamoa bilan shartnomani bekor qilgan Ronaldu haqda o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ronaldu bilan o‘ynash aql-bovar qilib bo‘lmas tajriba bo‘ldi. U men uchun eng zo‘ri va bu har doim shunday bo‘lib qoladi. Krishga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U “Manchester Yunayted”ga qilgan ishlari uchun rahmat aytmoqchimiz” – dedi 25 yoshli hujumchi.
Ikkala futbolchi ham jahon chempionatini yaxshi boshlab olishdi. Reshford Eronga qarshi uchrashuvda zahiradan maydonga tushib gol urdi. Ronalduning ham hisobida hozircha bitta gol mavjud.

Fikrlar