
Reshford — 36 yildan so‘ng "Barselona" safidagi ilk angliyalik futbolchi
Xabaringiz bor, kecha "Barselona" klubi rasman angliyalik hujumchi Markus Reshford bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Shu orqali u Gari Linekerdan keyingi klub tarixidagi birinchi angliyalik futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Lineker 1986–1989 yillar davomida kataloniyaliklar safida to‘p surgan va keyinchalik "Tottenxem"ga yo‘l olgan. Undan beri "ko‘k-anorranglilar" safida birorta ham angliyalik futbolchi to‘p surmagan.
O‘tgan mavsumni Reshford ikki jamoada — "Manchester Yunayted" va "Aston Villa"da o‘tkazdi. Qishki transferlar oynasida Ruben Amorim qo‘l ostida asosiy tarkibdan tushib qolgan futbolchi o‘yin amaliyoti izlab, ijara asosida birmingemliklar jamoasiga o‘tgan edi. Yangi mavsumni esa Kataloniyaning Barselona klubida davom ettiradi.
Fikrlar