
Reyes Jonsdan uchragan alamli mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
UFC jangchisi Dominik Reyes yarimog‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsga qarshi kechgan jangdan keyingi fikrlarini bildirdi.
"O‘ylashimcha, jangda men g‘olib bo‘ldim. 3 ta raund mening foydamga ishladi. Aynan 3 ta raundda men uni engdim, ushbu raundlarda barcha ishlarim o‘xshadi.
U faqatgina to‘rt va beshinchi raundlarni yuta oldi. Bilamanki, men yaxshiroq edim," - dedi Reyes.
Eslatib o‘tamiz, UFC 247 doirasida Jon Jons Dominik Reyes ustidan hakamlar bir ovozdan qabul qilgan qaror evaziga g‘alaba qozondi.
Fikrlar