RFI prezidenti: Nega endi futbol o‘ynamasligimiz kerak?
"Futbolchilar mavsumni davom ettirishimizni xohlashmoqda. Ular professionalliklarini yana bir bor namoyish qilishyapti. Afsuski, liga klublari rahbarlari bu tashabbusni qo‘llab quvvatlashmayapti.
Biz ko‘rmoqdamiz, juda ko‘p sohalarning faoliyat olib borishiga ruxsat berishmoqda. Banklar, supermarketlar, xizmat ko‘rsatish shahobchalari va boshqalar o‘z ishlarini boshlagan. Nega futbol o‘ynamasligimiz kerak?", - deydi RFI prezidenti Aleksandr Dyukov.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha 15 maydan RPL rasman to‘xtatilishi haqidagi qaror qabul qilinishi xabar berilgandi.
Fikrlar