Rio Ferdinand: "MYu ko‘zlayotgan "Barsa" futbolchisi Ten Xag uchun zo‘r tanlov"

  • 15 may, 2022, 09:00
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" afsonaviy futbolchisi Rio Ferdinand Frenki de Yongning APLga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Menimcha, u top darajadagi futbolchi. Ko‘pchilik Ten Xag amalga oshiradigan birinchi transfer De Yong bo‘ladi demoqda. Ha, men ham bu fikrga qo‘shilaman. Bu zo‘r xarid bo‘ladi.

U juda kuchli bo‘lmasligi mumkin. Biroq to‘p bilan yaxshi harakatlanadi, driblingda ham muammosi yo‘q. Shuningdek, uning qaror qabul qilishda tezkor, qiyin vaziyatlardan oson chiqib keta olishini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim

Hozirgi MYu uchun o‘yinni nazorat qiladigan o‘yinchi juda muhim. O‘ylashimcha, Frenki  "qizil iblislar"ga juda mos keladi", - dedi angliyalik sobiq himoyachi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!