Roberto: Alba birinchisini unutgandi

  • 31.12.2022 21:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Espanol" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, 7-daqiqada darvozani ishg‘ol etgan Markos Alonso hisobni ochdi. Xoselu 73-daqiqada penaltidan aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. E’tiborlisi, bosh hakam Mateo Laos 2 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Ulardan biri "Barsa" himoyachisi Jordi Alba edi. Serxi Roberto ushbu vaziyatga izoh berdi:

- Alba ikkinchi sariq kartochkani olgan paytda, birinchisini unutdi.

Ma’lumot uchun, Alba ilk sariq kartochkasini 74, ikkinchisini esa 78-daqiqada oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!