Rodrigo: "Mashq qilishni boshlaganingizda, hayotingiz qanday o‘zgarishini ko‘rasiz"

  • 12 sentabr, 2023, 14:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"da to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigo psixolog bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari haqida gapirdi.

Tecno

"Men psixologga tashrif buyuraman va bu bugungi kunda juda muhim. Chunki aql odamni boshqaradi. Odamlar oyog‘imiz bilan emas, aqlimiz bilan o‘ynashimizni tushunsa, ko‘p narsa o‘zgaradi.

Bu tashriflar menga yordam berishini tushunaman. Men hammaga sinab ko‘rishni tavsiya qilaman. Mashq qilishni boshlaganingizda, hayotingiz qanday o‘zgarishini ko‘rasiz", - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi "Madrid Universal".

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo joriy mavsum Ispaniya chempionatida madridliklar safida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!