
Rodrigo "Real"dan ketishi mumkin
"Atletik" vingeri Inyaki Uilyams yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
21 yoshli ispaniyalik futbolchining faoliyatini davom ettirish variantlari orasida "Real" va Birmingemning "Aston Villa" klublari bor, deb xabar beradi "Todofichajes".
"Qirollik klubi" agar Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolansa, jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Rodrigoga muqobil sifatida Uilyamsni ko‘rib chiqmoqda. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. 29 yoshli hujumchining "sherlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
La Liganing joriy mavsumida Uilyams 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar