"Roma" bir shart evaziga Shomurodovni qo‘yib yuboradi

  • 15 noyabr, 2022, 16:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" qishki transfer vaqtida ikki futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Tecno

Italiyaning pagineromaniste.com portalining xabariga ko‘ra, "bo‘rilar"  Matias Vinya va Eldor Shomurodov yanvarda qo‘yib yuborish haqida o‘ylamoqda.

"Roma" klubi menedjeri Pinto futbolchilar bilan xayrlashish shartini qo‘ydi. Rimliklar ikki o‘yinchini faqatgina to‘liq sotib yubormoqchi, klub ijara variantini ko‘rib chiqmayapti.

Avvalroq, Shomurodovni "Torino" va "Bolonya" jamoalari ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!