“Roma” darvozaboni sotiladi
“Marsel” rahbariyati “Roma”dan ijaraga olingan darvozabon Pau Lopesning transfer huquqini sotib oladigan bo‘ldi.
27 yoshli darvozabon asosiy tarkib uchun kurashda frantsiyalik mashhur posbon Stiv Mandandani ortda qoldirdi va “Marsel”da birinchi raqam egasiga aylandi.
Marselliklar uni o‘z safida olib qolishi uchun Rim klubiga 12 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu narx ularni to‘liq qoniqtiradi.
Joriy mavsumda Pau Lopes yigirma marotaba maydonga tushdi va shu uchrashuvlarning 11 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ispaniyalik posbon o‘z darvozasidan 17 ta to‘p olib chiqdi.
Fikrlar