"Roma" Dzanologa Frantsiyadan o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 21 yanvar, 2023, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Nikolo Dzanolo tez orada “Roma”ni tark etadi. Futbolchi vaziyatni o‘zgartirib, o‘zini boshqa joyda sinab ko‘rishga qaror qildi.

Xabarlarga qaraganla, Rim klubi ham allaqachon unga o‘rinbosar topib bo‘lgan. "Bo‘rilar" Dzanolo o‘rniga “Lion” yarim himoyachisi Ussem Auani munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, Ussem Aua “Lion” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, butun faoliyatini shu erda o‘tkazib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida "Lion"ning asosiy jamoasida 222 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urgan va sheriklariga 35 ta golli uzatma bergan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli yarim himoyachini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!