
"Roma" futbolchisi: Men doim shu erdaman
“Roma” futbolchisi Nikolo Zanolo “Tottenxem” va “Yuventus” jamoalaridan bo‘lgan qiziqishlar haqidagi savolga javob berdi:
"Bu men uchun oddiy yoz edi. Har doim klubni tark etish arafasida turganga o‘hshayman. Biroq bu haqiqat emas. Men doim shu erda qolaman. “Roma” menga hamma narsa berdi. Yangi kelishuvni muhokama qilish uchun bizda bir yarim yil vaqt bor", - dedi italiyalik xavbek.
Ma’lumot o‘rnida, u joriy mavsum A Seriya doirasida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar