“Roma” hujumchisi Ronaldu bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin

  • 15 iyun, 2022, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Benfika" futbolchisi Darvin Nunesni sotib olishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo urugvaylik forvard Angliyaning boshqa bir jamoasi, "Liverpul" safiga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Endi “qizil iblislar” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzod qidirishga majbur bo‘lmoqda.

Tecno

“Daily Star” nashri xabariga ko‘ra, ingliz klubi "Roma" hujumchisi Temmi Abraxamni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Angliya terma jamoasi hujumchisi "Roma"da 2021 yildan beri o‘ynab kelmoqda. 24 yoshli futbolchi Premer ligada o‘ynash tajribasiga ega. Sababi, u avvalroq "Chelsi" va "Aston Villa" sharafini himoya qilgan.

Abraxam o‘tgan mavsumda rimliklar safida barcha musobaqalar doirasidagi 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!