"Roma" muhim transfer bo‘yicha APL klubi bilan bog‘landi

  • 24 yanvar, 2023, 16:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" jamoasi "Vulverxempton" klubi futbolchisi Adama Traoreni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rimliklar bu borada Angliya jamoasi bilan bog‘langan. 

"Salciomercato" nashrining xabar berishicha, "bo‘rilar" Adamani yozda tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Uning "Vulverxempton" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Futbolchini rimliklarga agent Xorxe Mendesh taklif qilgani aytilmoqda. Traoredan tashqari "Roma"ning short-listidan Jerar Deulofeu va Hakim Ziesh singari futbolchilar o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!