
"Roma" Mxitaryan o‘rniga kimni sotib oladi?
"Roma" rahbariyati jamoaga yarim himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda.
Il Tempo nashri xabariga ko‘ra, Davide Frattesi bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda va katta ehtimol bilan kelasi bir hafta ichida yakunlanishi mumkin.
Boshqa bir tomondan, "Roma" “Lion”ning hujumkor yarim himoyachisi Ussem Auar bilan ham muzokaralar olib bormoqda. “Bo‘rilar” frantsiyalik futbolchini kecha "Inter" bilan shartnoma imzolagan Genrix Mxitaryan o‘rniga olib kelishni rejalashtirmoqda.
"Roma" bosh direktori Tiago Pinto yaqinda futbolchining agenti bilan bog‘lanib, Auarning "Lion"ni tark etishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.
24 yoshli Ussem Auar o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urdi.
Fikrlar