"Roma" Ronaldu transferini qachon e’lon qilishi ma’lum
"Roma" sobiq yarim himoyachisi Anjelo Di Livio Rim klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkinligini aytdi. Unga ko‘ra, "bo‘rilar" 37 yoshli portugaliyalik transferini 7 iyul kuni e’lon qilishi mumkin.
“Oxirgi kunlarda eshitganlarim haqida aytadigan bo‘lsam, "Roma" Ronalduni qo‘lga kiritishga rostan ham harakat qilmoqda. 7 iyul transfer e’lon qilinishi mumkin. Bu futbol olamidagi katta transferlaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu transfer haqida sobiq futbolchilar va ishonchli odamlar gapirishmoqda. Qolaversa, meni jurnalist bo‘lib ishlaydigan do‘stim klub menejeri bilan kechki ovqat vaqtida Ronalduning transferini muhokama qilgan va u shu oy boshida transfer e’lon qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan”, - deya Di Livioning so‘zlarini keltiradi “Corriere dello Sport” nashri.
O‘tgan mavsumda Ronaldu "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlar doirasidagi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 gol va 3 assist yozdirib qo‘ygan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar