"Roma" xo‘jayinlari endi APL klubiga ham egalik qiladi

  • 23.09.2024 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Everton"ga egalik qiluvchi Blue Heaven Holdings kompaniyasi klub aktsiyalarining asosiy qismini Friedkin Group’ga sotdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bitim bugun yakunlangan. Bu haqda italiyalik jurnalist insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Shuningdek, amerikalik tadbirkor Jon Tekstor klubning nazorat paketini qo‘lga kiritish imkoniyati uchun qizg‘in raqobatda bo‘lganligi ham ma’lum. U uzoq vaqtdan buyon Liverpul hududidan Angliya jamoasini sotib olish uchun eng asosiy favorit hisoblanardi.

Eslatib o‘tamiz, Friedkin Group o‘tgan yozda transfer bozori doirasida deyarli 100 million evro sarflagan "Roma" klubiga ham egalik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!