
“Roma” yangi o‘yinchi topdi
Joze Mourino Frantsiya chempionatidan o‘yinchi olishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar “Lill” yarim himoyachisi Shekaga xaridor bo‘lmoqda.
Portugaliyalik futbolchining o‘zi “Lill”ni tark etmoqchi. Yaqinda uning agentlari yarim himoyachining xizmatlarini “Inter”ga taklif qilib, rad javobini olgandi.
Shunga qaramay, Shekada A Seriyada o‘ynash imkoniyati saqlanib turibdi.
Rim klubi Shekani olish uchun Ispaniya chempionati vakili “Valensiya” va Turkiyaning mashhur klubi “Galatasaroy” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
27 yoshli yarim himoyachi markazda tayanch zonasi va chap qanot yarim himoyasida o‘ynay oladi. Uning frantsiyaliklar bilan shartnomasi ikki oydan keyin yakunlanadi.
Sheka joriy mavsumda barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushi, to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar