"Roma" zo‘r darvozabonni tekinga oladi
"Benfika"ning iqtidorli darvozaboni Mile Svilar faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, lissabonliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida tugaydigan 22 yoshli posbon "Roma" bilan yana “4+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.
Serbiyalik darvozabon "bo‘rilar"ning asosiy posboni Rui Patrisioning o‘rinbosariga aylanadi. Jamoaning amaldagi ikkinchi darvozaboni Daniel Fuzato esa klubni tark etadi.
Ta’kidlash kerakki, Mile Svilarga “Roma”dan tashqari “Real Sosedad”dan ham taklif bor edi, biroq u Rimni tanlashga qaror qildi.
Joriy mavsumda Svilar "Benfika B" safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 17 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar