
"Roma" – TsSKA. Eldor Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?
Evropa Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Roma" va TsSKA jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda Joze Mourino shogirdlari yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning eng yaxshi futbolchisi dubl qayd etgan Lorentso Pellegrini (8.7) bo‘ldi. Keyingi o‘rinni esa Eldor Shomurodov (7.8) egalladi. Legionerimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘z nomiga ikkita assist yozdirib qo‘ydi. Qolaversa, Eldor 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi.
Fikrlar