"Roma"ga kerakmas futbolchi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Inter" safida Evropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan "Roma" futbolchisi Davide Santon jamoasini o‘zgartirish mumkin. Bu haqda "Football Italia" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, qanot himoyachisi xizmatiga "Salernitana" qiziqish bildirmoqda. A Seriya autsayderi futbolchi borasida "bo‘rilar"ga rasmiy taklif yuborgan. Ayni damda "Salernitana" turnir jadvalida so‘ngi o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, Davideni Turkiya klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida yozgandik. Joriy mavum fulbek jarohati sababli ko‘plab o‘yinlarn o‘tkazib yuboryapti.

Fikrlar