"Roma"ning sobiq sport direktori APLda ish boshlaydi

  • 24.05.2024 10:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Roma"ning sobiq sport direktori Tyagu Pintu APLda ish boshladi. Italiyadagi 3 yillik faoliyatidan keyin u 2024 yilning boshida o‘z lavozimidan ozod qilingandi. 

Pintuning keyingi manzili "Bornmut" bo‘ladi. Tez orada Angliya klubi Tyaguni yangi sport direktori sifatida tanishtiradi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tyagu Rimdagi dastlabki mavsumida Eldor Shomurodovni "Jenoa"dan sotib olishda ishtirok etgan. Oradan 3 yil o‘tib, hujumchi ham "Roma"ni tark etishi kutilmoqda. Sababi, yangi rahbariyat va murabbiy uni ushbu yozda sotishga harakat qilishi haqida mish-mishlar chiqmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!