
Romatube.it: Shomurodov ko‘p yuguradi va jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekanligi bois jamoadoshlariga yordam berishga harakat qiladi
"Roma" Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 5-turida Rimda "Zarya"ni qabul qildi. Unda Joze Mourino shogirdlari Ukraina jamoasini 4:0 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvga gollarga Karles Peres (15), Dzanolo (33), va Abraxam (46, 75) mualliflik qildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 70-daqiqada ikkinchi gol muallifi Dzanolo o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Romatube.it uchrashuvda harakat qilgan futbolchilarning harakatlari borasida fikr bildirarkan, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi haqida quyidagilarni yozdi: "70-daqiqadan Eldor Shomurodov maydonda harakat qila boshladi. U ko‘p yuguradi va jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekanligi bois jamoadoshlariga yordam berishga harakat qiladi. Shomurodov gol urishi mumkin edi. Ammo... Eldor keyingi o‘yinlarda maqsadiga erishishiga ishonchimiz komil".
Eldor Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? - Futbolchilarga qo‘yilgan ballar (Foto)
Joze Mourino jamoasida qanday futbolchilar va insonlar borligi haqida gapirdi
Fikrlar