Ronald Kuman "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

  • 20 oktabr, 2019, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 2020 yilda "Barselona" boshqaruvini egallashi mumkin.

Gollandiya futbol federatsiyasining sport direktori Niko-Yan Xugma 56 yoshli mutaxassisning shartnomada Evro-2020 dan keyin, tovon puli evaziga "Barselona"ga ketishiga imkon beruvchi band borligini aytdi.

Kumanning amaldagi bitimi 2022 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida 1989-1995 yillarda "Barsa" safida o‘ynagan va 1998-2000 yillarda esa klubning murabbiylar shtabida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!