Ronaldу Millatlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng muxlislarga murojaat qildi
UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi Uelsga qarshi bahsda minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuv yagona gol evaziga 1:0 hisobida yakunlandi.
Uchrashuv natijasi yuzasidan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Olga, Portugaliya. Birinchi qadam qo‘yildi», – deya yozdi 41 yoshli to‘purar o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Krishtianu ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va maydonda 67 daqiqa harakat qildi. Shundan so‘ng u zahiraga olindi.
Portugaliya terma jamoasining guruh bosqichidagi navbatdagi o‘yini safarda Norvegiyaga qarshi o‘tkaziladi. Uchrashuv yakshanba, 27 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar