Ronaldу Portugaliya terma jamoasidan bosh murabbiy ketganiga munosabat bildirdi
Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o‘z lavozimini tark etish qarorini e’lon qildi.
Kriştianu Ronaldu murabbiy haqida fikr bildirib, uning mehnati va shaxsiyatini yuqori baholadi.
- U bilan birga ishlash men uchun juda yoqimli bo‘ldi. Roberto kuchli murabbiy va ajoyib inson. U Portugaliya uchun juda ko‘p ish qildi va hurmatga loyiq.
Uning boshchiligida biz sovrin qo‘lga kiritdik, bu juda muhim: avval terma jamoa bunday yutuqlarga uncha ko‘p erisha olmagan.
Martinesdan minnatdorman va kelgusi faoliyatida faqat yaxshilik tilayman, - dedi Kriştianu Ronaldu.

Fikrlar