Ronaldu 19 yil o‘tib Evropa Ligasida gol urishni uddaladi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Evropa ligasi guruh bosqichining 2-turida “Sherif” jamoasiga qarshi o‘ynash uchun Moldovaga yo‘l oldi. UEFA tomonidan siyosiy sabablarga ko‘ra Tiraspolda o‘yin o‘tkazish taqiqlangan, shu bois, bellashuv poytaxt Kishinevda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda inglizlar ikkita gol urib, g‘alaba qozonishdi. Birinchi golni Jeydon Sancho, ikkinchi golni esa Krishtianu Ronalduning penaltidan kiritdi.
Ajablanarlisi shundaki, bu Ronalduning Evropa Ligasidagi ilk goli hisoblanadi va u ushbu turnirda debyut uchrashuvidan 19 yil-u, 11 oy va 27 kun o‘tgach sodir bo‘ldi (ammo o‘shanda bu musobaqa UEFA kubogi deb atalgan).

Fikrlar