Ronald "An-Nasr" "Real" futbolchisini olib kelishini istamoqda

  • 06.01.2026 20:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kriştianu Ronalduni "An-Nasr"ning tarkibni kuchaytirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Tecno

Fichajes portali xabariga ko‘ra, 40 yoshli futbol yulduzi "An-Nasr"ni "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olishga chaqirgan. Kriştianuning fikricha, Ryudiger bilan jamoaning o‘yin sifati yuqoriroq bo‘ladi.

Antonio Ryudigerning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Demak, Ryudiger hozirdanoq xorij klublari bilan bemalol muzokara olib borish huquqiga ega. Nemis hatto yozga oldindan shartnoma tuzishi mumkin.

Mart oyida Antonio Ryudiger 33 yoshga to‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!