
Ronaldu “Barsa”ga o‘tadimi? Laporta javob berdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
U avvalroq 37 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan kechki ovqatni birga qilganini tasdiqlagandi.
“Ko‘pchilik o‘yinchilar "Barselona"ga o‘tishni xohlayotgani bizni baxtiyor qiladi. Tarixi tufayli "Barselona" top futbolchilar uchun juda jozibali klub bo‘lib qolmoqda. Ha, men Mendesh bilan bir necha futbolchilar borasida muzokara o‘tkazdim, lekin aynan kimlar ekanligini hozircha ayta olmayman” , - deya Laporta so‘zlarini keltiradi “Marca”.
O‘tgan mavsum Ronaldu “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta golva 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar