Ronaldu “Bavariya”ga o‘tmaydi

  • 02.08.2022 12:03
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteusning fikricha, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yin uslubi Myunxen klubiga mos kelmaydi.

"Ronaldu - ajoyib hujumchi, ammo u "Bavariya"ga mos keladigan futbolchi emas. Myunxen klubining o‘ziga xos o‘yin uslubi bor. Shuningdek, ayni payt tarkibda Krishtianu o‘ynay oladigan barcha pozitsiyalar uchun futbolchilar etarlicha. Krishtianuning rejalari qanday ekanini bilmayman, lekin u aniq "Bavariya"ga o‘tmaydi”, - deya Matteusning so‘zlarini keltiradi “Times Now” nashri.

Yakunlangan mavsum Ronaldu “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!