Ronaldu bilan o‘rtamizda muammo yo‘q!
“Manchester Yunayted” himoyachisi harri Maguayr jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu uning sardorlik bog‘ichiga egalik qilmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Angliya matbuoti Maguayr Ronalduga sardorlik vakolatini berishdan bosh tortgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
- “Manchester Yunayted” haqida juda ko‘p yolg‘on xabar tarqatishyapti. Va bunisi ham ulardan biri. Men bu masalani muhokama qilmoqchi emasman.
Barchamiz birdammiz va hammamiz birgalikda bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, - dedi Harri Maguayr.
Fikrlar