Ronaldu bilan qolib ketgan gamburgerlarni eb ulg‘ayganmiz

  • 20 oktabr, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sporting” jamoasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tarbiyalangan Fabiu Paim mashhur yulduzning bolaligiga oid ma’lumotlarni oshkor qildi.

- “Sporting” akademiyasida tahsil olayotganimizda Krishtianu bilan kechasi McDonald’s do‘koniga borardik. U erda sotuvdan qolib ketgan va hech kim olmaydigan burgerlarni olib kelardik. Biz u erga har kecha borganmiz. Klubdagilar buni bilardi. Avvalgi vaziyat hozirgidek bo‘lmagan, tashqariga chiqishga ruxsat bor edi.

Ronaldu bilan do‘st edik. Eng yaxshi do‘sti bo‘lganman, deyolmayman, lekin o‘rtoq edik. Birga dam olardik, - dedi Fabiu Paim.

Vaqt o‘tishi bilan Krishtianu Ronaldu futbol afsonasiga aylandi. Undan uch yosh kichik bo‘lgan Fabiu Paim 2008 yili “Chelsi”ga o‘tadi. Biroq intizomsizligi tufayli iqtidoridan ham, pullaridan ham ayriladi. Giyohvand moddalar savdosiga aralashib qolib, qamalishiga bir bahya qoladi.

Paim futbolchilik faoliyatini 33 yoshida yakunlashga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!