Ronaldu bo‘lajak jamoasini tabrikladi

  • 12 may, 2021, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan ketsa, professional faoliyatini boshlagan “Sporting” jamoasiga qaytishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Joriy mavsumda Portugaliya chempionatida “Sporting” chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Lissabonliklar qariyb o‘n yillik tanaffusdan so‘ng yana shohsupaga ko‘tarildi. Bu natija Ronalduni befarq qoldirmadi.

“Yuventus” yulduzi o‘zining instagramdagi sahifasida sobiq jamoasiga “Chempionlarni tabriklaymiz”, deb post qoldirdi.

Ronaldu “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yili 19 million evro evaziga “Manchester Yunayted”ga transfer qilingunga qadar bu jamoa tarkibida 30 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!