Ronaldu bosh murabbiyni mensimasligini ko‘rsatdi
Angliya chempionati “Manchester Yunayted” ketma-ket ikkinchi bor mag‘lub bo‘ldi. Bu galgi mag‘lubiyat oddiygina “Brentford”dan yirik hisobda qayd etildi.
To‘liq o‘ynagan Krishtianu Ronaldu jamoasiga hech qanday yordam bera olmadi. Ko‘pchilikni o‘yindan keyingi vaziyat hayron qoldirdi.
Portugaliyalik to‘purar muxlislarni olqishlashga bormadi. Keyin maydondan chiqib ketishda bosh murabbiy Erik ten Xagga ham qo‘l uzatmadi.
Bu vaziyatlar klubning ichki muhitida muammolar borligidan dalolat beradi.

Fikrlar