Ronaldu Bruno Fernandesh bilan munosabatlari haqida gapirdi

  • 21.11.2022 18:53
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi hamda terma jamoadagi sherigi Bruno Fernandesh bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Fernandesh bilan aloqalarimiz qanday? Jahon chempionatida ba’zida shunday lahzalar bo‘ladi. Men undan Qatarga qanday etib kelganini so‘radim, chunki uning samolyoti kechiktirilgan edi. Aloqalarimiz yaxshi. Jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda. Boshqa o‘yinchilardan Krishtianu Ronaldu haqida so‘rashning hojati yo‘q, ular bilan jahon chempionatini muhokama qilgan ma’qul", - deydi 37 yoshli forvard.

Jahon chempionatining ilk o‘yinida Portugaliya terma jamoasi Gana terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Bellashuv 24-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!