Ronaldu bu bilan nimaga erishmoqchi?!

  • 20.08.2022 13:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag ikki hafta ichida klubdagi vaziyat haqidagi barcha haqiqatni aytishga va’da bergan hujumchi Krishtianu Ronalduning so‘zlariga izoh berdi.

"Men bunga izoh berishni istamayman. Bilmadim, Ronaldu bu bilan nimaga erishmoqchi?! Ko‘ramiz", — deydi ten Xag.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi paytida Ronalduning "Manchester Yunayted"ni tark etishi borasidagi xabarlar tinmadi. Portugaliyalik o‘ziga yangi jamoa topishga urinib, mavsumoldi mavsumini o‘tkazib yubordi, biroq Evropaning top-klublaridan hech biri uning transferini amalga oshirmadi.

O‘tgan mavsum Ronaldu Angliya Premer ligasi doirasida bahslarda 18 ta gol urib, “Manchester Yunayted”ning milliy chempionatdagi eng yaxshi to‘purariga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!