Ronaldu bugun kelajagi borasida qaror qabul qiladi

  • 26 iyul, 2022, 14:22
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqt ichida “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan uchrashib, kelajagi haqida suhbatlashmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu mankunianliklar safini tark etib, Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tmoqchi.

Tecno

Portugaliyalikning agenti Xorxe Mendesh hozirda mijozi uchun yangi jamoa izlamoqda. Variantlardan biri “Atletiko” Madrid bo‘lib, futbolchi yangi mavsum “matraschilar” sharafini himoya qilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu Diego Simeone jamoasiga o‘tish uchun maoshini 30 foizga kamaytirishga ham tayyor.

Avvalroq, Myunxenning "Bavariya" klubi Ronaldu transferidan bosh tortgan edi. Shuningdek, Londonning “Chelsi”si ham futbolchini taklif qilishni istamasligi ma’lum qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!